To'xtamurod Jumayev nomidagi Qorako'l matematika olimpiadasi
Matematika ilmining poytaxti - Qorako'l
Olimpiada haqida
Qorako'l maktabi asoschisi, O'zbekiston Respublikasi xalq o'qituvchisi, "Buyuk xizmatlari uchun ordeni" sohibi To'xtamurod Jumayev 1945-yil 15-avgust kuni Buxoro viloyatida tavallud topgan. Uzoq yillar davomida Qorako'l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda matematika o'qituvchisi, keyinchalik direktor vazifasida faoliyat yuritgan.
Ustoz To'xtamurod Jumayev faoliyati davomida o'ziga xos yangi uslub maktabini yaratib, uni respublika darajasidagi ta'lim dargohiga aylantirgan mohir pedagog, ta'lim fidoyisi.
Ustoz asos solgan maktab o'quvchilari ko'plab respublika va xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo'lgan, maktab bitiruvchilarining deyarli barchasi sinovlardan muvaffaqiyatli o'tib oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilingan.
To'xtamurod Jumayev nomidagi Qorako'l matematika olimpiadasi ustoz xotirasini abadiylashtirish va yosh matematiklarga ilhom berish maqsadida o'tkaziladi.
Olimpiada videolari
IDC